*Maʼlum boʻlishicha oʻyin tugashi arafasiga kelib xorijga chiqish pasportini olganlar 850 000 ga yetgan.
Agarda butun yurtimiz miqyosida
850 000 inson xorijga chiqish pasportini olgan boʻlsa ulardan koʻpchiligi AQSHda yashayotgan va Oʻzbekistonga kelib xorijga chiqish pasportini olib ketishgan, yana boshqa Korea, Angliya, Fransiya, Dubay, Germaniya va.h.k rivojlangan davlatlarda oʻqiyotganlar va ishlayotganlar ham shular jumlasidandir.
Amerikadan boshqa davlatlarga mehnat shartnomasi asosida ishga ketganlar va ketmoqchi boʻlganlarning yoki oʻqish uchun ketganlarning koʻpchiligi xorijga chiqish pasportini olishgan.
Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki xorijda qonuniy ishlashga koʻmaklashuvchi bir qator tashkilotlar green card oʻyini boshlanishidan ancha vaqtlar oldin ish boshlagan va koʻpchilik xorijga chiqish pasportini olgan edi.
Shulardan kelib chiqqan holda xorijga chiqish pasporti orqali green card lotoreyasida qatnashganlar 600 000 kishini tashkil etsa, pasportida over stikeri boʻlganlar taxminan 200 000 kishi boʻlsa, baʼzi green card firmalari jonbozlik koʻrsatib pul ishlash maqsadida yashil pasport bilan anketa toʻldirganliklari 100 000 ga yetgan deylik, taxmiman ushbu mavsumda 900 000 kishi lotoreyada qatnashgan deb aytish mumkin. Bu esa DV-2020 uchun qatnashgan ishtirokchilarga nisbatan 1 300 000 ga kamdir.
Shunda yutuq chiqish ehtimoli 200/1 toʻgʻri keladi, demak oʻtgan yilgiga nisbatan yutuq chiqishi ikki barobarga koʻpdir.
Ushbu maʼlumotlarni xorijga chiqish pasportini olganlarning miqdoriga tayangan holda taxminiy tayyorlandi.
Bu aniq statistik maʼlumot emas.*